Bu yilgi parad Putin uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi

Bu yilgi parad Putin uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi

Yakshanba kuni Moskvada 9 may paradiga tayyorgarlik bo‘lib o‘tdi. Ertaga 9000 ga yaqin askar Qizil maydon bo‘ylab yurishadi, harbiy texnikalar xarakatlanib, samolyotlar uchib o‘tadi. Bild sharhlovchisi Yana Shabayeva ta’kidlaganidek, «Bu yilgi parad Putin uchun alohida ahamiyatga ega, chunki u o‘z xalqini urush holati Rossiya uchun yagona to‘g‘ri narsa ekanligiga ishontirishi kerak». Shu sababli, Ukrainada jang qilayotgan askarlar bu yilgi paradda rasmiy formasida emas, balki dala formasida qatnashadilar.

Jurnalistning eslatishicha, ayni paytda Poklonnaya tepaligida Ukrainada qo‘lga olingan g‘arbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. «Bizning g‘alabamiz muqarrar», deb yozadi Rossiya Mudofaa vazirligi ko‘rgazma haqidagi xabarida. “Rossiya diktatori Ukrainadagi urushni 1945 yil 9 maydagi fashistlar ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tenglashtiradi. Putin uchun urush allaqachon g‘alaba qozonganga o‘xshaydi, - deb istehzo qiladi Shabayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!