Germaniya yoshlar futboli murabbiyi O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi

Germaniya yoshlar futboli murabbiyi O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov Germaniya yoshlar futboli murabbiyi Andrey Vibertem bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo kubogidagi muvaffaqqiyatli ishtiroki, tarixda ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani va so‘nggi yillarda o‘zbek futboli yuqori darajada o‘sishga erishgani e’tirof etildi.

Shuningdek, futbolchilarni saralash, bolalar futboli, sport farmakologiyasi va tibbiyoti, futbol maktablari va akademiyalarda yosh futbolchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi hamda vitaminizasiya masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda Germaniya futbol ta’limini joriy qilish, ikki mamlakat mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashishi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash zarurligi alohida ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!