Rossiya elchisi Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Rossiya elchisi Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Andrey Kelin Britaniya hukumati Rossiya harbiy attashesini mamlakatdan chiqarib yuborish va rossiyaliklar uchun diplomatik vizalar olish qoidalarini kuchaytirish niyatini bildirganidan so‘ng, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.

«Bugun Buyuk Britaniya Rossiya elchisini unga ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berish va London Rossiyaning bunday harakatlariga toqat qilmasligini yana bir bor ta’kidlash uchun chaqirdi», — deyiladi hujjatda.

London Rossiya razvedka xizmatlarini razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va qirollikda qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirishda gumon qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!