NATO mashg‘ulotlari chog‘ida 11 askar yaralandi

NATO mashg‘ulotlari chog‘ida 11 askar yaralandi



Shvesiyada davom etayotgan NATO Swift Response mashqlari chog‘ida parashyutdan sakrab uchuvchi 11 askar yaralandi. Yaralangan askarlarning AQSH, Vengriya va Italiya armiyalariga tegishli ekanligi bildirildi.
NATOning Yevropadagi mashg‘ulotlari G‘arb askarlarining urushga tayyor emasligini yaqqol ko‘rsatsada, NATOning Shvesiyadagi mashg‘ulotlari chog‘ida ittifoq avvalroq Polsha va Germaniyada boshdan kechirgan «baxtsiz» voqealarga yangisi qo‘shildi.
Aftonblade gazetasining xabarida, «Seshanba kuni NATOning Smaland viloyatining Skillingaryd aholi punktida o‘tkazgan "Swift Response" mashqlari chog‘ida parashyut bilan sakrash paytida 11 kishi yaralangani» bildirildi.
NATO tomonidan mart oyida Polshada uyushtirilgan mashg‘ulot chog‘ida zirhli mashina bosib ketgan ikki askar halok bo‘lgan edi. Shuningdek, otishma poligonidagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!