Rossiyaning xalqaro zaxiralari aprel oyida 7,6 milliard dollarga oshdi

Rossiyaning xalqaro zaxiralari aprel oyida 7,6 milliard dollarga oshdi

Rossiyaning xalqaro zaxiralari aprel oyida o‘tgan oyga nisbatan 7,6 milliard dollarga oshgan – 590,3 milliard dollardan 597,9 milliard dollargacha.

1 may holatiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro zaxiralari hajmi 1,3 foizga oshdi, deb xabar bermoqda Rossiya Federasiyasi Markaziy banki matbuot xizmati.

Xalqaro zaxiralar - bu Rossiya Banki va Rossiya hukumati ixtiyorida bo‘lgan yuqori likvidli moliyaviy aktivlar.

Ular xorijiy valyutadagi aktivlar, monetar oltin va boshqa zahira aktivlaridan iborat.

G‘arb davlatlari Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiya Markaziy banki zaxiralarining qariyb yarmidan foydalanish imkoniyatini muzlatib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!