HAMAS Qohirada muzokaralar olib bormoqda

HAMAS Qohirada muzokaralar olib bormoqda

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu "vaqtni boy berishga harakat qilmoqda". Bu haqda arab OAVlariga Falastinning HAMAS harakatidagi manba ma’lum qildi.

“Qohiradagi muzokaralarning birinchi raundi tugadi, Netanyaxu vaqtni cho‘zishga harakat qilmoqda. Biz muzokaralarning ushbu raundidan keyin o‘z pozisiyamizni ko‘rib chiqamiz, hammasi Rafah bosqinidan oldingidek bo‘lmaydi”, — dedi manba.

Avvalroq Reuters agentligi isroillik manbaga tayanib, “Qohirada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda hech qanday yutuq yo‘qligi” haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!