Saudiya klubi "Barsa" hisob raqamiga 80 million yevro o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Saudiya klubi "Barsa" hisob raqamiga 80 million yevro o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Kataloniyaning "Barselona" klubi kelasi yozda qanot vingeri Rafinya Dias bilan xayrlashishga tayyor. Jurnalist Xoakim Perning xabariga ko‘ra, "blaugrana" futbolchini transferga qo‘ygan.

Manba, shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari Rafinya uchun zarur bo‘lgan 80 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor bo‘lishi haqida xabar berdi. Futbolchining o‘zi "Barselona"ni tark etishni istamayapti, ammo u ketishga majbur bo‘lishi mumkin.

27 yoshli Rafinya Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, “Lids”ning sobiq futbolchisi Chempionlar ligasida 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!