Isroil Najaf hududida 47 ta uyni vayron qildi, 500 ga yaqin falastinlik badaviylar boshpanasiz qoldi

Isroil Najaf hududida 47 ta uyni vayron qildi, 500 ga yaqin falastinlik badaviylar boshpanasiz qoldi

Isroil hukumati mamlakat janubidagi Najaf cho‘lida «lisenziyasiz» degan 47 uyni buzib, 500 falastinlik badaviyni boshpanasiz qoldirdi.

Najaf Arab Oliy Komissiyasi a’zosi Jumaa ez-Zebarikaning Anadolu agentligiga ma’lum qilishicha, yuzlab Isroil polisiyasi harbiy buldozerlar bilan Najafning Umm Batin qishlog‘i yaqinidagi Al-Xalil vodiysiga kelgan va u yerdagi uylarni buzib tashlagan.

Zebarika yana shunday dedi: «Ushbu uylarda o‘n yillar davomida yashab kelgan Abu Asa oilasiga tegishli 47 ta uy buzib tashlangan. Har bir uyda 10 ga yaqin odam yashagan, demak, 500 kishi boshpanasiz qolgan».

Uning so‘zlariga ko‘ra, buzilishning oldini olish uchun uzoq davom etgan huquqiy kurash oxir-oqibatda Isroil sudlari hudud aholisiga muqobil yo‘l taklif qilmasdan, buzishga ruxsat bergan.

«Demokratik deb da’vo qiladigan davlatda siyosatdan ko‘proq mahalliy aholi aziyat chekadi. Bo‘layotgan voqea arab fuqarolariga qarshi uyushgan jinoyatdir, ayniqsa Najafda», - deydi u.

Buzilish chog‘ida Isroil polisiyasining mintaqa aholisiga hujum qilganini ifoda etgan Zebarika, uylari buzib tashlangan oilalarga birdamlik ko‘rsatgan bir odamni polisiya ham qo‘lga olganini qayd etdi.

Zebarika, Isroil rasmiylari tomonidan rasman tan olinmagan 34 qishloqda yashovchi 120 ming kishining amaldagi siyosat tufayli uylaridan ayrilish xavfi borligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Isroil polisiyasi arab deputati Yusuf al-Atunani turtib yuborgani va o‘zini tanishtirgan bo‘lsada, uni buzish joyiga borishiga to‘sqinlik qilayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.

Isroil bu qishloqlarni elektr, suv, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi davlat xizmatlari bilan ta’minlamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!