EOIIda savdoning 90 foizi milliy valyutalarda amalga oshiriladi

EOIIda savdoning 90 foizi milliy valyutalarda amalga oshiriladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOI) a’zo mamlakatlarning iqtisodiy hajmi 2,5 trillion dollarga yetganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, «EOIIda savdoning 90 foizi milliy valyutalarda amalga oshiriladi».

Putin Moskvada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitining ochilishida nutq so‘zladi.

EOII iqtisodiy o‘sish va savdoda muhim tuzilmaga aylanganini qayd etgan Putin, a’zo davlatlar o‘rtasidagi yillik savdo hajmi 89 milliard dollarga yetganini aytdi.

Rossiya Federasiyasi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy ko‘rsatkichlar YEOII muhimligidan dalolat beradi: «Ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyoti hajmi 2,5 trillion dollarga yetdi. YEOIIda savdoning 90 foizi milliy valyutalarda amalga oshiriladi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar YEOII doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni istaydi, deya qo‘shimcha qildi: «Biz hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash uchun yanada ko‘proq hamkorlik qilishni xohlaymiz. Ishonamanki, bu yerdagi barcha hamkasblarim shu pozisiyani baham ko‘radi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!