Finlyandiya mart-aprel oylarida Ukrainaga 13 ta gumanitar yuk mashinasi jo‘natdi

Finlyandiya mart-aprel oylarida Ukrainaga 13 ta gumanitar yuk mashinasi jo‘natdi

Finlyandiya jangovar harakatlar fonida Ukrainaga faol fuqarolik moddiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda; mart-aprel oylarida 13 ta yuk mashinasi yuborilgan. Bu haqda Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ta’minotlar orasida tibbiyot anjomlari bilan bir qatorda energetika sektori uchun, jumladan transformatorlar, kabellar va gaz quvurlari ham bor edi. Bundan tashqari, Ukrainaga maktab mebellari yetkazib berildi: stol va stullar, deyiladi xabarda.

«Ukraina uchun bir nechta yordam paketlari tayyorlanmoqda va bu yil bahorda biz ko‘proq tibbiy buyumlar, qutqaruv xizmatlari va energetika sektoriga yordam uchun mashinalar yuboramiz», dedi IIV matbuot kotibi Xayki Xonkanen.

2022 yil fevral oyidan buyon Finlyandiyadan jami 76 ta avtomobil va 311 ta yuk mashinasi gumanitar yordam olib ketildi. Finlyandiya Ukrainaga fuqarolik moddiy yordami bo‘yicha Yevropada uchinchi eng faol yetkazib beruvchi hisoblanadi, deya aniqlik kiritdi Ichki ishlar vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!