EI Putinning qasamyod marosimida qatnashgan Stiven Sigalga nisbatan sanksiyalar joriy qilishi mumkin

EI Putinning qasamyod marosimida qatnashgan Stiven Sigalga nisbatan sanksiyalar joriy qilishi mumkin



Bryusselda joylashgan ASBL tashkiloti tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Yevropa onlayn gazetasi EUobserver, Yevropa Ittifoqi (EI) tomonidan harakatlari Ukrainaga zararli deb hisoblangan mashhur amerikalik aktyor Stiven Sigal sanksiyalar doirasiga kiritilishi mumkinligini yozdi.
EUobserver portali Yevropa Ittifoqi vakiliga asoslanib tarqatgan xabarda Stiven Sigalga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi va vakilning so‘zlariga ko‘ra, agar uning harakatlariga ishonish uchun «kuchli qonuniy asoslar» mavjud bo‘lsa, Sigal qora ro‘yxatga kiritilishi mumkinligi aytiladi.
Portal shuningdek, Yevropa Ittifoqi kelajakda qo‘shiqchi Yaroslav Dronovni (Shaman) qora ro‘yxatga olishi mumkinligi, ayni damda Rossiyada istiqomat qilayotgan dunyoga mashhur amerikalik aktyor Stiven Sigal esa 2016 yildan beri Rossiya fuqaroligiga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Sigal Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya-Amerika gumanitar aloqalari va umumiy madaniy va tarixiy meros uchun mas’ul ko‘ngilli maxsus vakili sifatida ham ishlayotgan bo‘lsada, 7 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inaugurasiya marosimida ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!