Buyuk Britaniya Rossiya harbiy attashesini mamlakatdan chiqarib yuboradi — Reuters

Buyuk Britaniya Rossiya harbiy attashesini mamlakatdan chiqarib yuboradi — Reuters



Agentlikning xabar berishicha, London, shuningdek, ayrim ko‘chmas mulk ob’ektlarining diplomatik maqomini bekor qilish va Rossiya diplomatlari uchun diplomatik vizalarning amal qilish muddatini cheklashga qaror qildi.

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Jeyms Kleverli bu harakatni Rossiyaning Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi “yomon niyatli faoliyati”ga javob deb atadi. Londonda attashening Rossiya harbiy razvedkasi bilan bevosita aloqasi borligini da’vo qilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Londonga tegishli javob qaytarilishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!