Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi

Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi

“Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-74-son, 07.05.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

Quyidagilar Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

🔹yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;

🔹transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy ko‘llar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali mamlakat suv xavfsizligini ta’minlash;

🔹raqamli texnologiyalarni keng qo‘llagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yo‘lga qo‘yish;

🔹sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etish;

🔹suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!