Vengriya NATOning Ukrainadagi ishlariga aralashmoqchi emas

Vengriya NATOning Ukrainadagi ishlariga aralashmoqchi emas

Budapesht NATOning Ukrainadagi missiyasini kengaytirishda ishtirok etish niyatida emas. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto videomurojaatida ma’lum qildi, deya xabar beradi OAV.

“Vengriya bu harakatlardan chetda qoladi. Vengriya askarlari bunday missiyada qatnashmaydi va biz Vengriya hududida bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi vazir.

Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya "Ukraina Qurolli kuchlari jangchilarini tayyorlamaydi, qurol yubormaydi yoki bu maqsadlarni moliyalashtirish uchun vengriya soliq to‘lovchilarining pullaridan foydalanmaydi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!