EI yetakchilari Ursula fon der Lyayenning faoliyatidan norozi

EI yetakchilari Ursula fon der Lyayenning faoliyatidan norozi

Evropa Ittifoqi yetakchilari Ursula fon der Lyayenning Yevrokomissiya prezidenti lavozimidagi faoliyatidan norozi. Bu haqda Neue Zürcher Zeitung gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaga ko‘ra, ilgari fon der Lyayenni qo‘llab-quvvatlagan Yevropa Ittifoqining ko‘plab mamlakatlari rahbariyati vakillari endi uning faoliyati natijalaridan noroziligini bildirishmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari mintaqa iqtisodiyotining zaiflashuvi va Ittifoqning iqlim siyosatiga qattiq bog‘langanidan norozi.

Bundan tashqari, ularning ba’zilari fon der Lyayenni qarindosh-urug‘chilik bog‘langani va siyosiy shaffoflik yo‘qligida ayblaydi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda fon der Lyayenning YEK rahbari lavozimiga nomzodini ko‘proq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qo‘llab-quvvatlagan, ammo hozir u ham tanqid qilmoqda. Yaqinda Fransiya rahbari Yevrokomissiya raisi faoliyatini “haddan tashqari siyosiylashtirmaslik” kerakligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!