Turkiy tilli davlatlar kinoijodkorlari hamkorligida «Mulla Nasriddin» filmi yaratiladi

Turkiy tilli davlatlar kinoijodkorlari hamkorligida «Mulla Nasriddin» filmi yaratiladi

Bugun Renessans kino uyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY hamkorligida yaratiladigan «Mulla Nasriddin» kinoloyihasining ozarbayjonlik kino vakillari tomonidan taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kinematografiya agentligi rahbariyati, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo‘lim boshlig‘i Rashad Azizov, ozarbayjonlik prodyuserlar Zaur Darabzoda va Azer Kuliyev, Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafoyev hamda Agentlik huzuridagi Badiiy kengash a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari kino ijodkorlari tomonidan yaratiladigan badiiy filmning senariy muallifi va rejissyori Vagif Mustafoyev. Ushbu filmning salkam yarim soati O‘zbekistonga bag‘ishlanadi. Suratga olish ishlarining asosiy manzillari xususan, Buxoro va Xivada bo‘lib o‘tadi. XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ushbu loyihaning suratga olish ishlariga start berilishi kelishib olindi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Ozarbayjon bilan hamkorlikda suratga olinadigan o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda haqidagi kinoloyiha ham muhokama qilindi. Badiiy kengash a’zolari tomonidan loyiha ijobiy ma’qullandi va senariy ustida ish boshlash shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjondan tomondan ijodiy guruhlar tashkil etish va biriktirish taklifi berildi. Tomonlar kelgusidagi madaniy aloqalarni yuqoridagi kabi loyihalar bilan mustahkamlash o‘rinli ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!