EI elchilari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlarni Ukrainaga yordam sifatida ishlatishga rozi

EI elchilari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlarni Ukrainaga yordam sifatida ishlatishga rozi



Bu haqda Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Men Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadni Ukraina uchun ishlatish bo‘yicha bugungi kelishuvni olqishlayman" —deb yozdi Lyayen.

Evropa Komissiyasi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bu pulga qurol-yarog‘lar sotib olish Ukraina va butun Yevropani xavfsizroq hududga aylantirishga yordam beradi

Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining katta qismi Belgiyadagi Euroclear Yevropa depozitariysida saqlanadi. Euroclear'ning 2024 yil birinchi choragidagi moliyaviy natijalariga ko‘ra, Rossiyaning muzlatilgan 159 milliard yevroga yaqin aktivlari 557 million yevro sof foyda keltirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!