O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati saralashida ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati saralashida ishlaydi

Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi ham JCH-2026 saralash uchrashuviga tayinlov oldi.

Xabaringiz bor, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Xitoy - Yaman uchrashuviga tayinlov olgani haqida ma’lumot bergan edik.

Saralashning ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan Indoneziya – Filippin bellashuvida ham hamyurtlarimiz ish olib boradi. Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasiga mazkur qiziqarli bahs ishonib topshirildi, unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir vakilimiz Aziz Asimov zaxira hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.

Quyida ular boshqaradigan uchrashuv ma’lumotlari bilan tanishing:

JCH-2026 saralashi, 2-bosqich | Osiyo mintaqasi, “F” guruhi
Indoneziya – Filippin
11.06.2024 |19:30


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!