O‘zbekiston va Xitoyning maxsus vakillari Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha ikki davlatning sa’y-harakatlarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Xitoyning maxsus vakillari Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha ikki davlatning sa’y-harakatlarini muhokama qildilar

Ismatulla Irgashev va Yue Syaoyun mamlakatga insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish haqida ham so‘z yuritdilar.

«Afg‘onistonning yangi hokimiyatlariga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit pozisiyasini ishlab chiqmasdan turib, o‘tkir ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, mamlakatda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga ko‘maklashish mumkin emasligi ta’kidlandi. », - deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Bundan tashqari, diplomatlar Afg‘onistonda energetika, transport va logistika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!