​​O‘zbekiston ipoteka krediti berishda yangi formatga o‘tmoqda

​​O‘zbekiston ipoteka krediti berishda yangi formatga o‘tmoqda

O‘zbekiston 2020 yildan uy-joy qurishni moliyalashtirish bo‘yicha yangi formatga o‘tadi, bu esa bosqichma-bosqich ipoteka stavkalari kamayishiga olib keladi. Bu haqda yangi moliya vaziri Timur Ishmetov (suratda) ma’lum qilgan.

Gap nimada?

Moliya vaziri Timur Ishmetov 24 fevral kuni quruvchi tashkilotlar vakillari bilan uchrashgan. O‘sha paytda u vazirning birinchi o‘rinbosari edi.

Asosiy masala O‘zbekistondagi ipoteka siyosatini qayta ko‘rib chiqish va isloh qilish bo‘lgan. Vazirning aytishicha, endi ipoteka kreditiga moliya vazirligi aralashmaydi, barini banklar ixtiyoriga qo‘yib beradi.

Iqtibos

"O‘zbekiston 2020 yildan uylarni mutlaqo yangi qoidalar asosida qurishga o‘tadi. Davlat qurilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni to‘xtatadi va endi ipoteka kreditini ta’minlash tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Bu esa xususiy sektorlarga bozor talablariga mos uylarni erkin qurish imkoniyatini beradi", degan Ishmetov.

Adolatli ipoteka

Shuningdek, Timur Ishmetov adolatli ipoteka stavkasi qanaqa bo‘lishini ham aytib o‘tgan. Uningcha, adolatli ipoteka stavkasiga hech kim aralasha olmasligi kerak. Hozir Moliya vazirligi 15-16 foizdan resurs ajratmoqda va bu orqali banklarga 8 foizgacha marja qo‘yish imkoni berilyapti.

Vazirning aytishicha, yangi usul ipoteka krediti hududga qarab har xil bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, uy sotilishi qiyin bo‘lgan joylarda stavka kamroq, aksincha, uy bozori chaqqon hududlarda stavka ko‘proq belgilanadi.

So‘nggi 3 yilda davlat dasturi doirasida o‘rtacha 52 ming kvartira qurilgan, bu 2016 yildagiga nisbatan 2 baravar ko‘p. 2020 yilda 145 mingta kvartira qurish rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!