U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston yarim finalga yo‘l olsa, qaysi terma jamoaga qarshi maydonga tushadi?

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston yarim finalga yo‘l olsa, qaysi terma jamoaga qarshi maydonga tushadi?

U23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikki bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Yaponiya Qatarni 4:2 hisobida taslim etdi. Biroz avval yakunlangan bellashuvda esa Indoneziya dahshatli o‘tgan uchrashuvda Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lub qildi (2:2, 11:10).

Shunday qilib, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun Saudiya Arabistonini taslim etsa, final arafasida Indoneziya bilan kuch sinashadi. Iroq - Vyetnam juftligi g‘olibi esa Yaponiyaga qarshi maydonga chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!