Turkiyaga ishga borishni maqsad qilgan fuqarolar chuv tushdi

Turkiyaga ishga borishni maqsad qilgan fuqarolar chuv tushdi

2020 yilning 24 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi M.Farmonovaga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda "ANIQ.UZ"ga jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi raisi A.Saydullayev xabar berdi.

M.Farmonova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) oson pul topish yo‘lini izlab, insonlarga chet el davlatida yaxshi maosh ya’ni yuqori darajada 1000-1500 AQSh dollarida ish haqi olishlarini aytsa, ularni chuv tushirish qiyinchilik tug‘dirmasligini bilib, firibgarlikni o‘ziga kasb qilib oladi.

2019 yil avgust oyida Karmana tumani “Katta-machit” mahallasida yashovchi R.Sharipovani o‘zi bilan birga Turkiya Respublikasiga ishlash maqsadida olib ketishni va’da qilib, aldab, undan 3 mln. 450 ming so‘m pullarni o‘zlashtiradi.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2019 yil sentyabr oyida Karmana tumani “X.Xisrav” mahallasida yashovchi S.Hamidovani Turkiya Respublikasiga ishlash maqsadida yuborishini va’da qilib, undan 500 ming so‘m pullarni oladi.

M.Farmonova yana o‘z maqsadida 2019 yil 07 sentyabr kuni Karmana tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi A.Yarashevni ishonchiga kirib, uni ham o‘zi bilan birga Turkiya Respublikasiga ishlashga olib ketishini va’da qilib, aldab, 1 mln 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni o‘zlashtiradi.

U 2019 yil iyul oyining o‘rtalaridan 17 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Karmana tumani “Xonchorbog‘” mahallasida yashovchi O.Toshovni ham ishonchiga kirib, Turkiya Respublikasiga ishlash maqsadida olib ketishini va’da qilib, undan 5 mln. 700 ming so‘m miqdoridagi pullarni oladi.

M.Farmonova yana o‘zining maqsadini davom ettirib, 2019 yil 17 sentyabr kuni Karmana tumani “X.Xisrav” mahallasida yashovchi A.Qurbonovdan ham 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, o‘zlashtiradi.

M.Farmonova uchun hammasi juda oddiy va oson kechayotgan edi. Ammo qa’bix ish jazosiz qolmaydi. M.Farmonova sud muhokamasida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan chin ko‘ngildan po‘shaymondaligini bildirdi.

Sud tomonidan M.Farmonova O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qoplanganligi, ularning da’vosi yo‘qligi, uni ayol kishi ekani inobatga olinib, shu moddaga asosan JKning 62-moddasi tartibida oylik ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 1 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi va sud zalidan ozod qilindi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!