Toshkent aeroportida rejalashtirilgan bahorgi spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida rejalashtirilgan bahorgi spotting bo‘lib o‘tdi

25 aprel kuni Toshkent xalqaro ayeroportida an’anaviy tadbir — “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oltinchi rasmiy spotting-tur bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq aviaspotterlar ishtirok etdi. Hammasi bo‘lib 100 dan ortiq ariza topshirildi.

Airspotterlar Silk Avia, Uzbekistan Airways, MyFreighter, Flynas, Geodis, Loong Air, Air Astana, FlyArystan, Utair va boshqa yo‘lovchi va yuk tashuvchi aviakompaniyalarning uchish va qo‘nishlarini suratga oldilar.

Anketalarni ko‘rib chiqishda, avvalgi bosqichlarda bo‘lgani kabi, bir nechta mezonlar — aviasiya mavzulariga bag‘ishlangan shaxsiy veb-sayt, blog yoki ijtimoiy media akkaunti mavjudligi, professional foto texnika, shuningdek, ixtisoslashtirilgan veb-resurslardagi nashrlar inobatga olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktyabrda bo‘lib o‘tgan va bu hodisa O‘zbekistonda rasmiy spottingning boshlab bergan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!