So‘nggi besh yilda qancha o‘zbekistonlik "qirg‘izga aylandi"?

So‘nggi besh yilda qancha o‘zbekistonlik "qirg‘izga aylandi"?

Oxirgi besh yil davomida asosan O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiyadan kelganlar Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston tahliliy ma’lumot tayyorladi.

Davlat fuqaroligini berish haqida hujjatni Qirg‘iziston prezidenti tomonidan imzolanadi. Oxirgi marta hujjat 2019 yil 30 dekabrda imzolandi – 978 nafar fuqaro Qirg‘iziston fuqaroligini oldi.

2015 yildan beri 22 456 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Ularning aksariyati 82 foizi etnik qirg‘izlar.

2015-2018 yillarda Qirg‘iziston fuqaroligini eng ko‘p o‘zbekistonliklar olgan. 2019 yilda esa qirg‘iz fuqaroligi eng ko‘p tojikistonliklarga berilgan.

So‘nggi besh yil davomida 12 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. (2015 yilda – 4470 kishi, 2016 y. – 3401, 2017 y. – 2341, 2018 y.-1284, 2019 yil 10 oyda - 887).

Ta’kidlanishicha, Ukraina, Moldova, Pokiston, Xitoy, Turkiya va Misrdan kelgan kishilarga ham mamlakat fuqaroligi berilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!