“Spartak” futbolchisi amerikalikning burnini sindirdi

“Spartak” futbolchisi amerikalikning burnini sindirdi

Spartak jamoasida to‘p suruvchi 22 yoshli Ayaz Guliyev Moskvada amerikalik kishining burnini sindirdi. Sportchi va qonga belangan piyodani polisiya mahkamasiga olib ketishdi.

Voqea 10 aprel kuni ertalab Krasnoprudniy ko‘chasining piyodalar yo‘lagida sodir bo‘ldi. Yashil chiroq yonganda piyodalar yo‘ldan o‘ta boshlagan, Guliyev esa to‘xtamagan va 29 yoshli amerikalik tarjimonni turtib yuborgan. U esa jahl qilib, mashinaning kapotiga urgan. Haydovchi tushib mushtlashib ketgan.

Polisiya mahkamasida futbolchi kechirim so‘ragan va davolanishni to‘lab berishini aytgan. Ameriklikning burni singan bo‘lishiga qaramay, davolanishdan bosh torgan. Bundan tashqari u hech narsadan arzi yo‘qligini aytgan.

Ma’lumot uchun aytib o‘tamizki, o‘tgan yilning oxirida olgan mersedes ida sportchi 200 dan ziyod yo‘l harakati qoidasini buzgan, ularning aksariyati hali to‘lanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!