Sirdaryo viloyati hokimligining 477,9 mln so‘mga xarid qilingan KIA Sorento Comfort xizmat avtomobili shartnomasi bekor qilindi

Sirdaryo viloyati hokimligining 477,9 mln so‘mga xarid qilingan KIA Sorento Comfort xizmat avtomobili shartnomasi bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabali Sirdaryo viloyati hokimligining 477,9 mln so‘mga KIA Sorento Comfort xizmat avtomobili xaridi bo‘yicha shartnomasi bekor qilindi

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lib, tarmoq faollari o‘z qarashlarini bayon etdi. Keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hokimlik hamda avtomobil yetkazib beruvchi avtosalon o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘ «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga yo‘naltirildi.

Holat bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosariga «hayfsan» berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!