Samolyotda qo‘l bagajini olib ketish qoidalarini bilasizmi?

Samolyotda qo‘l bagajini olib ketish qoidalarini bilasizmi?

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi qo‘l bagajini olib ketish qoidalarini yana bir bor tushuntirib berdi.

«Samolyot saloniga o‘zingiz bilan birga olishingiz mumkin bo‘lgan qo‘l bagajining o‘lchami uzunasiga 56 sm, eniga 45 sm, balandligi 25 santimetrdan oshmasligi kerak. Har bir joyning maksimal hajmi — 115 santimetrdan katta bo‘lmagan uch o‘lchov yig‘indisiga teng (g‘ildirakchalar va yon cho‘ntaklarni hisobga olganda). Agar yo‘lovchining sumkasi bittadan ortiq (joy) bo‘lsa, ularni qabul qilishda bitta bagaj joyi sifatida hisobga olinadi va ushbu joylarning umumiy o‘lchamlari 115 santimetrdan ortmasligi kerak.

Agar siz uchayotganda qo‘l bagaji — yagona bagaj bo‘lmasa, u vaqtda samolyotga o‘zingiz bilan olib ketishga ruxsat berilgan faqat eng qimmatli va yo‘lda zarur bo‘ladigan narsalarni olish lozim:

pul

bank kartalari

hujjatlar

texnika va gajetlar (telefon, fotoapparat, kompyuter, planshet)

qimmatbaho buyumlar

katta bo‘lmagan nozik buyumlar.

Qo‘l bagajining og‘irligi va o‘lchamlari qoidalariga rioya qilinmasa, biz sizni ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasiga qaytib borib, uni ro‘yxatdan o‘tgan bagaj sifatida rasmiylashtirishingizni talab qilishga majbur bo‘lamiz.

Sizdan shuni unutmasligingizni so‘raymiz: ro‘yxatdan o‘tish uchun ketgan vaqtda 250 nafargacha odam samolyotda uchishni uzoqroq kutib qoladi. Biz o‘z ishimizda nafaqat xavfsizlikni, balki aniqlikni ham qadrlaymiz. Iltimos, samolyot sizni kutib qolishiga majbur qilmang», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!