Rossiyalik beshkurashchilar O‘zbekiston bayrog‘i ostida kurashadi

Rossiyalik beshkurashchilar O‘zbekiston bayrog‘i ostida kurashadi

Ikki nafar rossiyalik beshkurashchi O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. Bu haqida O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyasi xabar qildi.

2019 yilning 6 fevral kuni Rossiya va O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyalari orasida imzolangan memorandumga ko‘ra, ikki nafar rossiyalik yuqori klass sportchilar Aleksandra Savkina va Alise Faxrutdinovalar musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishadi.

Xalqaro Beshkurash ittifoqi UIPM bilan uzoq muddat davomida olib borilgan muzokarlar natijasida ushbu ikki sportchilar xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etishiga ruxsat olingan. 

Ayni damda sportchilar Nvogorsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘imlarida ishtirok etib, 2-8 sentyabrda Bedapeshtda bo‘lib o‘tadigan zamonaviy beshkurash bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!