Qashqadaryoda bosqinchi ayollar guruhi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda bosqinchi ayollar guruhi qo‘lga olindi

1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchilar; muqaddam sudlangan M.A.(ismli ayol), shuningdek F.YU(ismli ayol) va SH.SH, I.N.lar hamda Koson tumanida yashovchilar; Z.P.(ismli ayol) va T.X, M.N hamda F.N.lar  Qarshi shahrida yashovchi F.N. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, “Qavali” mahallasi hududiga yetib kelganlarida haydovchi F.N.ning yuziga qo‘llari bilan urib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib 55.000 so‘m puli va “Samsung” mobil telefoni hamda elektron jihozlarini olib ketganlar.

Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida esa ushbu jinoiy guruh a’zolari ushlanganlar, xozirda ularning boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligi o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!