Germaniya ruxsat beradi: Rossiya aktivlari Ukrainaga!

Germaniya ruxsat beradi: Rossiya aktivlari Ukrainaga!

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Yevropada muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ning 90 foizini Kiyevning harbiy ehtiyojlari uchun ishlatish bo‘yicha konsensusga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda u Latviyaga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi, deb yozadi Reuters.

"Ammo, biz Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni xohlayotganimiz haqida konsensusga egamiz, bu yiliga bir necha milliardni tashkil etadi va u yerda biz xohlagan kelishuvga erishdik ushbu mablag‘larning qariyb 90 foizini Ukrainaning mudofaa maqsadlari uchun, shuningdek, Yevropada [qurollarni] sotib olish majburiyatisiz ishlatish", - deya Shols so‘zlarini keltiradi Germaniya hukumati matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!