Otasiga aliment to‘lamagan farzandga qamoq jazosi tayinlandi

Otasiga aliment to‘lamagan farzandga qamoq jazosi tayinlandi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi S.E.ning otasi mehnat qobiliyatini yo‘qotgach, o‘zgalar e’tiboriga muhtoj bo‘lib qoldi. Shu bois farzandidan umid qildi. Otasi holidan xabar olishni xohlamagan o‘g‘ilga nisbatan shu yilning 16 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi tomonidan har oyda 200 ming so‘m aliment puli to‘lab turish haqida ijro hujjati kuchga kirdi. Afsuski, shundan so‘ng ham bemehr o‘g‘il otaning moddiy-ma’naviy ehtiyojlari haqida birrov o‘ylab ko‘rmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi ushbu masalani ko‘rib chiqib, qarzdor S.E.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!