Millionrenning qizi sayohatga yo‘l oldi va izsiz g‘oyib bo‘ldi

Millionrenning qizi sayohatga yo‘l oldi va izsiz g‘oyib bo‘ldi

Britaniyalik millionerning 22 yoshli qizi Greys Millan 1 dekabr kuni sayohatga otlangandi. “Metro” gazetasining yozishicha, oxirgi marta qiz oilasiga Yangi Zelandiyada ekanligini aytgan.

U har kuni akasi, onasi yoki men bilan gaplashar, poyezddagi suratlarini jo‘natardi. O‘tgan hafta biz uning salomatligidan tashvishga tushgandik, — dedi qizning otasi Devid Millan.

Greys sayohatini Peruda boshlagan, ikki hafta oldin esa Yangi Zelandiyaga yo‘l olgan. Otasi qizining oxirgi marta kimlar bilan gaplashgani haqidagi barcha ma’lumotlarni so‘ramoqda.

Oklend polisiyasi 7 dekabr kuni Greys oxirgi marta o‘zining erkak sherigi bilan “City Life” mehmonxonasida bo‘lganini ma’lum qildi. Polisiyachilar o‘sha erkak bilan suhbatlashishgan va u hech narsani yashirmayotganini, undan shubhalanish asossiz ekanligini ta’kidlashgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!