Meksikadagi mehmonxonada otishma sodir bo‘ldi. Bir sayyoh o‘ldi

Meksikadagi mehmonxonada otishma sodir bo‘ldi. Bir sayyoh o‘ldi

Meksikaning Kintana-Ru shtatidagi Xcaret mehmonxonasida yuz bergan otishmada 3 nafar sayyoh jarohat oldi, ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Bu haqda jamoat xavfsizligi kotibi Lusio Ernandes Gutiyerrez ma’lum qildi.

«Xcaret mehmonxonasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan so‘ng uch nafar jabrlanuvchi zudlik bilan kasalxonaga yetkazildi, afsuski, u yerda bir kishi vafot etdi», deb yozdi u Tvitterda.

Ma’lum bo‘lishicha, mehmonlar o‘rtasidagi janjaldan keyin noma’lum shaxs o‘t ochgan. U so‘ng qochib ketgan.

«Muvofiqlashtiruvchi guruh qo‘mondonligi uni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor operasiyani boshladi, biz tezkor hibsga olishda yordam beradigan har qanday ma’lumot uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz», — deya qo‘shimcha qildi rasmiy.

Keyinroq u gumonlanuvchining xavfsizlik kamerasidan tushgan suratini joylashtirdi. Bu sport kostyumidagi yigit. Uning qo‘lida to‘pponcha bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!