Meizu 16 va 16 Plus smartfonlarining ilk partiyasi bir soniyada sotib yuborildi

Meizu 16 va 16 Plus smartfonlarining ilk partiyasi bir soniyada sotib yuborildi

Meizu kompaniyasi yangi smartfonlari seriyasi savdosi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu seriyadagi Meizu 16 va 16 Plus smartfonlarining ilk partiyasi bir soniyada sotib bo‘lingan. 

Jingdong internet-maydonchasida smartfonlarga buyurtmalar soni bir milliondan oshib ketgan. O‘tgan yilgi smartfonlarga nisbatan yangi seriyadagi smartfonlarga buyurtmalar 339 foizga ko‘proq bo‘lgan.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, Meizu 16 smartfoni 6 dyuymli displey va 3010 mA-soatli batareya bilan, 16 Plus esa 6,5 dyuymli displey va 3640 mA-soatli batareya bilan jihozlangan. Qurilmalar Snapdragon 845 prosessorlari, 6 yoki 8 Gb tezkor xotira, 12 va 20 Mpli ikkita asosiy kamera va 20 Mpli selfi-kamera, displeyga o‘rnatilgan barmoqlar izlari skaneri olgan. 

Meizu 16 smartfoni 64 va 128 Gb, 16 Plus esa 128 va 256 Gb ichki xotira bilan sotuvga chiqariladi. Ikkala smartfon ham Android 8.1 Oreo operasion tizimi ostida ishlaydi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!