Maqsadli qabuldan yiqilgan abituriyentlar kontraktga kira oladimi?

Maqsadli qabuldan yiqilgan abituriyentlar kontraktga kira oladimi?

Ko‘pchilik shu masalani so‘rashmoqda, deb yozadi bloger Xushnud Xudoyberdiyev telegramdagi sahifasida. Va eng qizig‘i abituriyentlar orasida maqsadli qabul bo‘yicha turlicha talqinlar yuribdi. Kimlardir «agar ajratilgan maqsadli qabul bo‘yicha davlat grantiga kira olmasa, u kontraktdan ham ayriladi» degan gap-so‘zlarni aytayotgan emish.

Ammo bu noto‘g‘ri ma’lumot.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga binoan, maqsadli qabul tanlovida qatnashib davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta’lim yo‘nalishida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari bilan umumiy to‘lov-kontrakt doirasidagi tanlovda ishtirok etadi.

Ya’ni mabodo abituriyent maqsadli qabulga ajratilgan byudjetga kira olmasa, unda xuddi o‘sha bali bilan kontrakt uchun kurashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!