Lombardlar Markaziy bankdan lisenziya olmasdan o‘z faoliyatini boshlashi mumkin

Lombardlar Markaziy bankdan lisenziya olmasdan o‘z faoliyatini boshlashi mumkin

«Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun (O‘RQ–721-con, 12.10.2021 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda lombardlar Markaziy bank tomonidan lisenziyalanadigan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi va ular o‘z faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!