Kutilmagan javob: Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaydimi? 

Kutilmagan javob: Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaydimi? 

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov otasi Abdulmonnap Nurmagomedovning vafotidan so‘ng ilk bor press-konferensiyada ishtirok etdi. U jurnalistlarning faoliyatini yakunlash haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

-Miyaga har xil fikrlar keladi: menga jang berishdi, unga tayyorgarlik ko‘ryapman. Uzoq muddatli rejalar tuzmayman. Sentyabrda 32 yoshga to‘laman. Bu esa kichik yosh emas. Agar MMA’da qanchadan beri faoliyat olib borayotganimga e’tibor berilsa, ushbu sport turidagi veteranlardan ekanligim ko‘rinadi. Axir 2008 yil yozidan beri shu sport ichidaman. Agar faoliyatimni yakunlashga qaror qilgan taqdirimda ham ortimda yaxshigina faoliyat borligi ma’lum. Ammo men yana jang qilishni xohlayapman. Yana nimalardir bilan mashg‘ul bo‘lishni istayman. Bu yil esa men uchun 100 foiz mashg‘ulot rejimida o‘tadi deb umid qilaman. Bu atrofimda sodir bo‘layotgan voqeliklar va barcha yangiliklardan chalg‘ishimga yordam beradi, deydi Habib Nurmagomedov, UFC chempioni

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov MMA’da hozirga qadar 28 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U o‘zining navbatdagi jangini UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempioni Jastin Getjiga qarshi o‘tkazadi. Jang 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!