IIBB: Fuqarolarni xorijga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda

IIBB: Fuqarolarni xorijga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda

Ichki ishlar organlariga Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro, 61 yoshli D. Ra’nodan ariza kelib tushdi. U o‘z murojaatida X.Julettaga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, X. Juletta D.Ra’noning o‘g‘lini Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollarini olib va’dasini bajarmagan.

Tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli fuqaro hech qayerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish vakolati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, gumonlanuvchi D. Ra’nodan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini tan olgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumondorning xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlandi. Jumladan, X.Julettaning va’dasiga uchgan yana olti nafar shaxs ayni vaqtda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor. Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!