Dahshat! Ota avval 7 yoshli qizini, so‘ng o‘zini o‘ldirdi

Dahshat! Ota avval 7 yoshli qizini, so‘ng o‘zini o‘ldirdi

Fojia Filadelfiyaning Manayunke shahrida sodir bo‘ldi.

Gap shundaki, Mankuzolar oilasi uch kishidan iborat edi: ota Jeff, ona Ketrin Jin va 7 yoshli qizaloq Kayden. Er-xotin ajrashgach, qizaloq onada qoldi, sud otaga qizini shanba kuni kechqurun 22:00 dan yakshanba kuni 18:00 gacha olib ketishga ruxsat berdi.

Oxirgi dam olish kunlaridan birida Jeff Mankuzo qizini olib ketdi, ammo ertasi kuni Kayden qaytmadi. Ketrin hayron bo‘ldi, sobiq erining uyiga bordi. It tashqarida yotar, eshik esa qulf edi.

Dushanba kuni mehmonxonalardan birining birinchi qavatidan 7 yoshli Kaydenning jasadini topishdi. Ikkinchi qavatda esa otasi ham o‘lik holda yotardi. Politsiyaning fikricha, ota avval qizini, so‘ng o‘zini o‘ldirgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!