Belarus hukumati Butun Belarus Xalq Assambleyasi tomonidan ma’qullangan harbiy doktrinani e’lon qildi

Belarus hukumati Butun Belarus Xalq Assambleyasi tomonidan ma’qullangan harbiy doktrinani e’lon qildi

Belarus hukumati bir kun avval Butun Belarus Xalq Assambleyasi tomonidan ma’qullangan harbiy doktrinani e’lon qildi.

Hujjatda Belarusning xalqaro qurolli mojaroga qo‘shilish ehtimoli haqida so‘z boradi - «shu jumladan, Sharqiy Yevropa davlatlarining intensiv harbiy tayyorgarliklari, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari rahbariyatining agressiv siyosati tufayli».

Bundan tashqari, doktrinada G‘arbning Belarusda «ichki qurolli mojaro» qo‘zg‘atishga olib keladigan zo‘ravonlik usullariga o‘tish ehtimoli, shuningdek, G‘arb davlatlarining KXSHT va Ittifoq davlatidagi integrasiya aloqalarini yo‘q qilishga ataylab urinishlari hisobga olinadi.

Belorussiya doktrinada o‘z ittifoqchilariga - Rossiya va KXSHT mamlakatlariga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda ularga harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini ham belgilab qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!