"Barovskiy" kolleji talabasining o‘limida aybdor deb topilgan yigit kollejda o‘qishni davom ettirmoqda

"Barovskiy" kolleji talabasining o‘limida aybdor deb topilgan yigit kollejda o‘qishni davom ettirmoqda

Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilgan Islom To‘laganov o‘qishini davom ettirayotgani ma’lum bo‘ldi.

U Jasurning o‘limida aybdor deb topilib JKning 85-moddasi bilan 6 yilga qamalgan edi. Lekin Islom qamoqda rejimni buzmagani va mehnatga vijdonan yondashgani uchun muddatidan avval ozod etilgan edi. Islom hozirda Olmazor tumanidagi tibbiyot kollejida o‘qiyapti.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Davron Azizovning aytishicha 2019 yil 1 yanvar sanasida Probasiya xizmati tashkil etilgan. Ushbu xizmat hozirda To‘laganovga o‘xshaganlarni nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Islomga hozirda majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan. Aynan probasiya xizmati uning mana shu jazoni to‘liq o‘tashi ustidan nazoratni olib boradi.

Bundan maqsad u bilan avval sodir bo‘lgan hodisa takrorlanishining oldini olishdan iborat, deya xabar qildi "Kun.uz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!