Ana xolos! Avstriyada Islom so‘zini rasmiy hujjatlardan o‘chirishmoqchi

Ana xolos! Avstriyada Islom so‘zini rasmiy hujjatlardan o‘chirishmoqchi

Avstriyada ta’lim vazirligi va Bosh vazirlikka qarashli din ishlari qo‘mitasi tabellarda ko‘rsatilgan din darsi va o‘quvchilarning diniy e’tiqodlari ko‘rsatilgan qismdagi islom so‘zini chiqarib o‘rniga mamlakatlagi musulmonlarni birlashtirgan Avstriya Islom Jamoatining qisqartmasin yozilishi keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Mahalliy musulmonlar buni diniy e’tiqodni kamsitish, ayirmachilik deb izohlamoqdalar.

700 mingga yaqin musulmon istiqomat qiladigan Avstriyada rasmiy hujjatda din nomi o‘rniga AIJ qisqartmasining qo‘llanishini o‘ta mantiqsizlik deb e’tirof qilayotgan olimlar, dunyo bo‘yicha 1,5 milliard musulmon e’tiqod qiluvchi dinning nomi Islom ekanini, AIJning esa shu mamlakatda yashayotgan musulmonlarga taalluqli tashkilot ekanini ta’kidlamoqdalar, deya xabar bermoqda Turkiyaning TRT nashri.

Hukumatning quyi o‘ng qanot vakillari ushbu masalani ijtimoiy hayotga tadbiq qilmasdan avval musulmonlarga bildirish va ularning fikrini o‘rganish kerakligini e’tirof etmoqda.

Musulmonlardan boshqa din va jamoatga nisbatan bu kabi munosabatda bo‘lmagan hukumatning ushbu tutumi, Islom jamiyatiga zarba, ya’ni mamlakatda Yevropa yoki Avstriya Islomi ni tadbiq qilish uchun qo‘yilgan qadam, deya izohlanyapti.

AIJ rahbari Umid Vural bu boradagi izohlarida Ta’lim vazirligining mamlakatdagi qonun-qoidalarga xos bo‘lmagan, munozara-kengashga o‘rin qoldirmay ta’lim mudirlariga yuborgan xati bilan tabellardan din nomi va din darsi ko‘rsatilgan qismdan Islom ifodasi olib tashlanganini ta’kidladi. Vural Islom ulamolari bilan maslahatlashmay rasmiy hujjatlardan Islom so‘zini olib tashlanayotganini qoralab, AIJ rahbari sifatida bu harakatlarga qarshi qonuniy yo‘l bilan kurashishini aytdi.

Ta’lim vazirligi buni sabab qilib, alaviy bolalarning alaviy darslarii o‘rniga Islom darsini adashib olmasligi uchun qilganini ro‘kach qilayotganini ta’kidlagan Vural Har ikki din darsini alohida qilib alaviy va Islom darsi deb ochiq yoziladi. Bunaqa holatda yanglishish mumkin emas deya iddao qilmoqda.

Shuningdek Vural ta’lim vazirligining bu ishini jiddiy munozaralarga sabab bo‘lishini ta’kidlab: Bu harakatlar Islom so‘zini sekin-asta rasmiy hujjatlardan o‘chirilishiga yo‘l ochadi. Hukumat tomonidan Islom so‘zi o‘rniga AIJ qisqartmasi ifodalanishiga olib keladi. Bunga hech qachon rozi bo‘lmaymiz, dedi.

Georgetown Universiteti tadqiqotchisi, siyosatshunos olim, professor Farid Hofiz Islom o‘rniga AIJ yozilishini Islom jamoatini kuchsizlantirish yo‘lida qo‘yilgan qadam sifatida ko‘rmoqda.

Hukumat bu harakatlari bilan AIJga zarba berishni maqsad qilgan, dedi Hofiz. 2013 yilgacha alaviy va shia jamoati AIJ tarkibida bo‘lgan. Bugun u uchga bo‘lingan holatda. Bu tashkilotni kuchsizlantirish uchun tashlangan ilk qadam edi. Endi esa jamiyatning nazarida Islom ifodasini iste’moldan chiqarib, tashkilotga ikkinchi zarbani bermoqdalar.

Mamlakatdagi Islom jamiyati peshvolari imzo kompaniyalarini to‘plab va turli ta’sir doiralariga murojaat etib, hukumatning bu harakatiga o‘z noroziliklarini bildirmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!