2017 yili 101 ta kitob o‘qigan qoraqalpog‘istonlik BARMEN yigit 2018 yilda nechta kitob o‘qidi?

2017 yili 101 ta kitob o‘qigan qoraqalpog‘istonlik BARMEN yigit 2018 yilda nechta kitob o‘qidi?

O‘tgan yili Respublika yoshlar markazi Qoraqalpog‘iston bo‘linmasi axborot resurs markazidagi eng ko‘p kitob o‘qigan kitobxon barmen yigit bo‘lgan edi. Bu yil ham axborot resurs markazi rahbari Nuriya Yeshbayevaning bergan ma’lumotlariga qaraganda bu barmen yigittan kitob o‘qib hech kim o‘ta olmagan.

Ammo, shuni ham ma’lumot sifatida aytib o‘tish kerak, To‘reniyaz 2017 yilda 101 kitob o‘qigan bo‘lsa, 2018 yili bu ko‘rsatkich 11 kitobga kamaygan.

Urazbayeva Intizar hamda Jalg‘asbayev Azamatlar esa 2018 yil davomida kitobxonamizdan 44 ta kitob olib o‘qigan yani ular ikkalasi ham ikkinchi o‘rinda.
Respublika yoshlar markazi Qoraqalpog‘iston bo‘linmasidagi axborot resurs markaziga hozirgi vaqtda 1500 dan ortiq yoshlar a’zo bo‘lgan. Demak 1500 yigit va qizlar orasidan birinchi va ikkinchi o‘rindagi kitobxon bo‘lish ham katta muvaffaqiyat.

Manba: kruz.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!