Yaponiyada o‘zini o‘ldirganlar soni koronavirusdan vafot etganlardan ko‘proq

Yaponiyada o‘zini o‘ldirganlar soni koronavirusdan vafot etganlardan ko‘proq

Yaponiyada bir oy ichida o‘z joniga qasd qilganlar soni yil boshidan beri koronavirus oqibatida vafot etganlar sonidan ko‘p bo‘lib chiqdi. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar bermoqda. 

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, oktyabr oyida 2153 nafar yaponiyalik o‘zini o‘ldirgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi juma kuni e’lon qilgan ma’lumotda esa yil boshidan beri koronavirus tufayli jami 2087 kishi vafot etgani aytilgan. 

Yaponiya o‘z joniga qasd qiluvchilar soni bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Bunga bir qator holatlar, jumladan, ish soatining ko‘pligi, ta’lim dargohidagi bosim, ijtimoiy izolyasiya va hokazolar sabab qilib ko‘rsatiladi. 

Mazkur mamlakatda o‘zini o‘ldirish holatlari 1978 yildan beri qayd etib boriladi. Statistikaga ko‘ra, 2019 yilgacha bo‘lgan so‘nggi o‘n yillikda o‘z joniga qasd qilish holatlari kamayib borayotgan edi. Ammo joriy yilda koronavirus pandemiyasi tufayli vaziyat o‘zgargani aytilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!