Xorazmda o‘qituvchilarga "Farhod va Shirin"ning konsertiga chiptalar majburiy sotilgani rostmi?

Xorazmda o‘qituvchilarga "Farhod va Shirin"ning konsertiga chiptalar majburiy sotilgani rostmi?

8 may kuni Facebook va Rais Buva telegram kanalida estrada xonandalari Farhod va Shirinning konsertiga chiptalar o‘qituvchilarga majburiy sotilayotgani aytilgan edi.

Vaziyatni o‘rgangan Xorazm viloyat XTBning Minbar ga ma’lum qilishicha, konsert tashkilotchilari chiptalarni sotish bo‘yicha XTBga murojaat qilmagan. Maktab o‘qituvchilariga ham hech qanday chiptalar majburan sotilmagan. Bu haqda Minbar.uz xabar berdi.

Viloyat XTBning qayd etishicha, ular hatto konsert bo‘lib o‘tishidan ham bexabar bo‘lishgan.

Farhod va Shirinning konserti 9 may kuni Urganch shahridagi Avesto majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!