HAMAS tinchlik taklif qiladi, Isroil esa...

HAMAS tinchlik taklif qiladi, Isroil esa...

HAMAS Misrning Isroil uchun qabul qilib bo‘lmaydigan “yumshatilgan” taklifini ma’qulladi. Bu haqda Reuters agentligiga Isroilning yuqori martabali amaldori ma’lum qildi.

Agentlik suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, bu taklifda mojaroning “uzoqqa cho‘zilgan” natijalari bor, Tel-Aviv buni qo‘llab-quvvatlamaydi.

“Biz HAMASdan batafsil javob kutamiz va uni o‘rganamiz. Biz HAMAS nimaga rozi bo‘lgan va nimaga rozi bo‘lmaganini tushunishga harakat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi rasmiy.

U, shuningdek, "bu taklif na Isroilga, na AQShga ma’lum emasligini va Netanyaxuning Bayden bilan suhbatida tilga olinmaganini" ta’kidladi va "bu HAMASning aldovi", deb qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!