HAMAS rahbari Erdo‘g‘on maslahati bilan sulhga rozi bo‘ldi

HAMAS rahbari Erdo‘g‘on maslahati bilan sulhga rozi bo‘ldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on HAMAS siyosiy byurosi yetakchisi Imoil Haniya bilan telefon orqali suhbatlashdi va G‘azo sektoridagi vositachilar tomonidan taklif qilingan sulh bitimi loyihasiga rozilik berish haqidagi HAMAS yetakchisining qarorini muhokama qildi. Bu haqda Turkiya yetakchisi X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

“Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan oldin biz HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan telefon orqali muloqot qildik va G‘azodagi mojaro va zo‘ravonlikni tugatish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qildik va vositachilardan olingan sulh taklifini ma’qullaganini baholadik”, — dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari “HAMAS tomonidan Turkiyaning takliflarini inobatga olgan holda qabul qilingan qarorni ijobiy deb bilishini va Isroil ham doimiy o‘t ochishni to‘xtatish uchun qadam tashlashi kerakligini ta’kidladi” deb qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!