Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi

Xitoyda iPhone savdosi tushib ketdi

Xitoyda iPhone savdosi keskin tushib ketdi, ayni damda bor-yo‘g‘i 17 foiz xitoyliklar ayfon sotib olish haqida o‘ylashmoqda.

UBS kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda iPhonega bo‘lga qiziqish keskin tushib ketgan. Yaqin ikki oy ichida iPhone sotib olasizmi deyilgan savolga o‘tgan yilning oktyabr oyida 22 foiz aholi “Ha” deb javob bergan edi. Hozir bo‘lsa bundaylar soni 5 foizga kamaygan.

UBS kompaniyasi direktori Timoti Arkurining fikriga ko‘ra, bunga AQShining Huawei kompaniyasiga qarshi kiritilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. iPhone sotib olish istagi milliy g‘urur tufayli yo‘qolgan bo‘lishi mumkin. Ekspert fikriga ko‘ra, bunday holat kamida 12 oy davom etadi.

Ushbu xabar ta’sirida Apple aksiyalari narxi biroz pastladi: 235 dollardan 225 dollarga tushgan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!