Vatanga qasamyod – sadoqat bayoti va sodiqlik onti!

Vatanga qasamyod – sadoqat bayoti va sodiqlik onti!

Joriy mavsumda milliy armiyamiz saflariga muddatli harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilgan o‘g‘lonlarning tantanali Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari  Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy okruglarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda yuqori saviyada o‘tkazildi. Toshkent harbiy okrugiga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazilgan shunday tadbir Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar bermoqda.

Vatanga qasamyod – sadoqat bayoti va sodiqlik onti!

Tantanali marosimda ona Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tashga shaylanayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga Mudofaa vazirining tabrigi o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng saf maydonini yurakni hapqirtiradigan jarangdor so‘zlar tutib ketdi:

«…O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib…»

«O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga…»

«…Quruqlikda, suvda, havoda – har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!»

Vatanga qasamyod – sadoqat bayoti va sodiqlik onti!

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan Jumanazar Qulto‘rayev ziyoli oila farzandi. U ona Vatanga xizmat qilishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi. U ham safdoshlari singari hozir butun umr esdan chiqarib bo‘lmaydigan hayajonni yuragidan o‘tkazib turibdi.

– Aziz ota-onam, akalarim, jonajon singillarimning halovati uchun harbiy xizmatda o‘tkazgan har bir lahzam men uchun g‘urur bag‘ishlaydi, – deydi u. – Chunki men ham ona Vatanning haqiqiy himoyachisiga aylandim. Bugun men Vatanga qasamyod qildim. Bu qasamyodimga sodiq qolib, yurtimiz sarhadlarini munosib himoya qilishga va’da beraman.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar Vatan mardlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tiladi. Vatanga qasamyod – sadoqat bayoti va sodiqlik onti!

Yakunda harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari, Chirchiq garnizoni harbiy orkestri va madaniyat markazi vakillarining kuy-qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy okruglarida  yuqori saviyada o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!