“O‘zini hurmat qilmay sovuqda avtobusda” ketgan 50 nafar o‘zbekistonlik Oqto‘beda qolib ketdi (+video)

“O‘zini hurmat qilmay sovuqda avtobusda” ketgan 50 nafar o‘zbekistonlik Oqto‘beda qolib ketdi (+video)

Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatida salonida 54 kishi bo‘lgan avtobus buzilib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtobus yuzaga kelgan texnik nosozlik natijasida yo‘lda qolib ketgan. Shundan so‘ng ularga yordamga polisiya xodimlari kelgan va muammoni hal qilgan. Lekin avtobus yo‘lga chiqqandan so‘ng Irgiz tumanida yana buzilib qolgan. Bu safar polisiya xodimlari favqulodda vaziyatlar departamenti bilan hamkorlikda yordam berib, Qizilo‘rda viloyati chegarasigacha kuzatib qo‘yishgan.


Avtobus Rossiyaning Perm shahriga ketayotgan bo‘lgan. 54 nafar fuqaroning 50 tasi o‘zbekistonlik 4 nafari esa tojikistonlik bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!